2022-yilda 14 ta harakat tarkibi xarid qilinadi
Toshkent metropoliteni yoʻnalishlari kengaygani va yoʻlovchilar soni kundan-kunga ortib borayotgani sababli metro bekatlarida tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatilmayotgani sir emas.
2020-yil hisobida “Toshkent metropoliteni”da kunlik yoʻlovchi tashish oʻrta hisobda 250-300 mingni tashkil etgan boʻlsa hozirgi kunga kelib 380-420 ming yoʻlovchini tashkil etmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan oʻtgan vaqt mobaynida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Yaʼni “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan tirbandliklarni oldini olish, yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, shu kunga qadar, Rossiya Federatsiyasining «Metrovagonmash» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy 60 ta vagondan iborat 15 ta harakat tarkibi olib kelindi.
Bundan tashqari, yoʻlovchilar qatnovi tigʻiz boʻlgan vaqtlarda poyezdlar harakatidagi oraliq vaqt intervallari “Chilonzor” yoʻnalishida 3 daqiqagacha, “Oʻzbekiston” yoʻnalishida yesa 4 daqiqagacha, “Yunusobod” yoʻnalishida yesa 7 daqiqani tashkil yetmoqda.
Shuningdek, ushbu muammoni hal yetish borasida ham bir qancha masalalar koʻrilmoqda. Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki, 2022-yilda 14 ta harakat tarkibi xarid qilinishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring