2020-yil 23 ming oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan
2020-yilda 656 347 kishi (2019-yilda 497 817 kishi) Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilinib, rekord koʻrsatkich qayd etilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda ushbu davlat fuqaroligini olganlar soni oʻsib bormoqda.
Oʻtgan bir yilda Rossiya pasportiga ega boʻlganlarning 3,5 foizi yoki 23 ming kishi Oʻzbekistonning sobiq fuqarolari hisoblanadi.
Oʻzbekistonga qoʻshni davlatlar – Tojikistondan 63,4 ming va Qozogʻistondan 43,4 ming kishi Rossiya fuqarolari safiga qoʻshilgan.
Shuningdek, 10 millionga yaqin chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar migratsion roʻyxatga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring