“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida 4,5 ming nafar tadbirkor 65 trln so‘mlik loyihani ishga tushirib, 400 ming aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashabbus bildirgan
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida hozirgacha 4,5 ming nafar tadbirkor 65 trillion so‘mlik loyihani ishga tushirib, 400 ming aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashabbus bildirgan.
Ularga yaratilgan yangi sharoitlar hisobiga 1 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari berish hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari, dasturga kirmagan, lekin 40 tadan 50 tagacha ish o‘rni yaratish imkoniyatiga ega yana 2 mingta tadbirkor bor. Shuningdek, 14 ta tajriba tumanida ushbu dasturda qatnashib, 50 ming aholini ish bilan ta’minlash tashabbusini bildirgan qo‘shimcha 725 nafar tadbirkor ham aniqlandi.
Tegishli vazirlar va viloyat hokimlariga ushbu loyihani yurgizib, 400 ming ishsiz aholining bandligini ta’minlash topshirildi. Yil yakuniga qadar dastur bilan 10 ming nafar tadbirkorni qamrab olish vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan birga, tadbirkorni ro‘yxatga olish, loyihasini shakllantirish, biznes-reja ishlab chiqishga ko‘maklashish, moliyaviy va huquqiy maslahat berish kabi xizmatlar bir joyda ko‘rsatilishi kerakligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring