20 yildan soʻng Singapurda Bosh vazir almashadi
Singapurning uzoq yillik bosh vaziri Li Syan Lung bugun isteʼfoga chiqadi. 20 yillik hokimiyatdan soʻng Li lavozimini bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri Lorens Vongga topshiradi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Li Syan Lungning ketishi Singapurning siyosiy manzarasida sezilarli oʻzgarishlarni bildiradi, chunki u 1965-yilda mamlakat mustaqillikka erishganidan keyingi atigi uchinchi Bosh vazir hisoblanardi. Uning otasi Li Kuan Yu birinchi Bosh vazir boʻlgan va zamonaviy Singapurning asoschisi hisoblanadi.
Siyosatchi OAVga bergan intervyusida oʻz faoliyati davomida koʻrsatgan yordami uchun singapurliklarga minnatdorlik bildirgan.
Bosh vazir lavozimini sobiq iqtisodchi va davlat xizmatchisi Lourens Vong egallaydi. Lourens Vongning COVID-19 pandemiyasi davridagi yetakchilik mahorati uni mamlakatda taniqli shaxsga aylantirdi.
Yangi hukumat rahbari aholi va nochor qatlamlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda yanada inklyuziv Singapur qurishga vaʼda bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring