20 yil davomida xorijda ishlagan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytib vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi

20 yil davomida xorijda ishlagan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytib vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi.
Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Otabek Anvarovich Nazirov 1975 yili Toshkentda tug‘ilgan. AQShning Nyu-York shtatidagi Stouni-Bruk Davlat universitetida makroiqtisodiyotchi mutaxassisligini egallagan. Turli yillar davomida AQShning GOLDMAN SACHS GROUP, Moskvadagi TROYKA DIALOG va BANK MDM, Vashingtondagi THE AVACENT GROUP hamda Nyu-Yorkdagi JP MORGAN CHASE kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.
Otabek Nazirov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatini joriy yilning may oyidan boshladi. U monetar siyosat, bank tizimi, byudjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta’minoti, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Vazir o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshlaguniga qadar Otabek Nazirov Londondagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritish bo‘limining Bosh Hududiy bankiri lavozimida ishlagan. Sanoat, ko‘chmas mulk, farmatsevtika sanoati, kimyo, qurilish materiallari va xalq iste’moli mollari kabi iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha 50 dan ziyod loyihalarni ishlab chiqqan va moliyalashtirgan.
U Qozog‘iston, Mo‘g‘iliston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bo‘yicha loyihalarni boshqargan va muvofiqlashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring