2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Foto: Arxiv surat
Sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.
Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.
AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning koʻtarilib borishiga mos ravishda oʻzgartirib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring