11 oyda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni ilk bor 10 milliondan oshdi

10:32 25 Dekabr 2025 Jamiyat
1403 0

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni ilk bor 10 millionlik marrani ortda qoldirib, jami 10,7 million nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar Qirgʻiz Respublikasidan kelgan boʻlib, ularning soni 3 million nafarga yetgan. Undan keyingi oʻrinda Qozogʻiston va Tojikiston joylashgan boʻlib, har ikki davlatdan ham 2,5 million nafardan sayyoh tashrif buyurgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan kelgan turistlar soni 923,8 ming nafarni, Afgʻonistondan esa 429,4 ming nafarni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Turkmaniston (341,4 ming nafar), Xitoy (250,5 ming nafar) va Turkiya (161,9 ming nafar) qayd etilgan.

TOP-10 roʻyxatdan, shuningdek, Hindiston (73,4 ming nafar) va Koreya Respublikasi (44,1 ming nafar) oʻrin olgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 million nafarga, yoki 47,4 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?