“103” raqamiga chang boʻroni bilan bogʻliq qoʻngʻiroqlar soni aniqlandi
Oʻzbekistonda bronxial astma va allergik reaksiyalar bilan bogʻliq tez yordam chaqiruvlari soni kamaydi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Qayd etilishicha, 4—5-noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida, xususan, Toshkent shahrida faslsiz chang va qum boʻroni hodisasi kuzatilgan, natijada atmosfera havosidagi chang miqdori 2013-yilning 19-martidan belgilangan meʼyordan 5 baravarga, kunning baʼzi soatlarida esa 30 baravarga oshib ketgan.
Shu tufayli tez yordam xizmatiga nafas yetishmovchiligi, bronxial astma xurujlari, turli xil allergik reaksiyalar bilan bogʻliq qoʻngʻiroqlar soni sezilarli darajada oshdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 5-noyabrdan 6-noyabr soat 06:00ga qadar “103” xizmatiga umumiy qoʻngʻiroqlar soni 4110 tani tashkil etgan boʻlsa, 7-noyabrda bu koʻrsatkich qariyb 345 taga kamayib, 3768 tani tashkil etdi. 349 tasi nafas etishmovchiligi, 25 tasi allergik reaksiyalar, 48 tasi bronxial astma xurujlari, 8 tasi kasalxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring