100 yoshdan oshgan daraxtlar tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olinadi

15:44 01 Aprel 2023 Madaniyat
1033 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, xatlov oʻtkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritilishi belgilangan.

Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan daraxtlarni tashqi taʼsirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan 1 metrdan kam boʻlmagan masofada va balandligi 1 metr 20 santimetr boʻlgan metall panjara bilan oʻralishini taʼminlashi kerak.

Shuningdek, ushbu daraxtlar toʻgʻrisidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) maʼlumotni oʻz ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qoʻyilishi zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?