1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

12:33 03 Yanvar 2026 Jamiyat
490 0

Statistika qoʻmitasi oʻtgan oy holatiga koʻra 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlar qiymatini hududlar kesimida hisoblab chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu miqdordagi palovni pishirishga eng kam xarajat Qoraqalpogʻistonda (97 727 soʻm), eng koʻpi esa Toshkent shahrida (115 491 soʻm) qilinadi.

Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 97 727 soʻm;
  • Andijon viloyati – 105 336 soʻm;
  • Buxoro viloyati – 107 175 soʻm;
  • Jizzax viloyati – 109 017 soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 111 093 soʻm;
  • Navoiy viloyati – 109 169 soʻm;
  • Namangan viloyati – 108 030 soʻm;
  • Samarqand viloyati – 112 222 soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 111 002 soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 103 696 soʻm;
  • Toshkent viloyati – 111 857 soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 114 890 soʻm;
  • Xorazm viloyati – 106 527 soʻm;
  • Toshkent shahri – 115 491 soʻm.

Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:

  • kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
  • piyoz – 300 gr;
  • mol goʻshti – 700 gr;
  • sabzi – 1 kg;
  • guruch – 1 kg;
  • noʻxat – 100 gr;
  • zira – 10 gr;
  • osh tuzi – 20 gr.

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?