1-apreldan ayrim yoshlar “prava”ga bepul oʻqitiladi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi rahbarlarining respublikamiz yoshlariga qoʻshma murojaatnomasi tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi va “Vatanparvar” tashkilotlari oʻrtasida yoshlar masalalari sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 1-aprelidan “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan muhtoj oilalar farzandlarini “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv muassasalarida “VS” toifali haydovchilarni tayyorlash boʻyicha bepul oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Tantanali tadbir davomida “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi avtosport, motosport, karting, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, harbiy amaliy koʻpkurash, oʻq otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel sporti, radiosportning alohida oʻrnak koʻrsatgan bir qator murabbiylari va yosh sportchilar sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring