JSST rahbari Tedros Gebreyesusning hayotiga tahdid qilindi

Foto: AP
JSST rahbari Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tufayli tahdidlar olganini aytdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus “The Washington Post” gazetasiga bergan intervyusida yangi koronavirus pandemiyasi fonida tahdidlardan shikoyat qildi.
Mulozimning taʼkidlashicha, unga hayotiga tahdid qilingan xabarlar kelgan.
“Menga SMS orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tahdidlar yuboriladi. Mening raqamimni qayerdan olishganini bilmayman”, deydi u.
Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, uning uyiga signalizatsiya tizimi oʻrnatilgan va xodimlar unga qoʻriqchi yollashni taklif qilishgan. Tashkilot rahbariga kim aniq tahdid solayotgani aniqlanmagan.
JSST bosh direktori, shuningdek, uning Efiopiyaga qaytishi xavfsiz emasligini aytdi. Nashrning yozishicha, Gebreyesus Tigray shtatidagi vaziyat tufayli mamlakat rasmiylarini tanqid qilgan edi.
Gebreyesusning fikricha, hozirda koronavirus pandemiyasining tugashi haqida gapirishga erta.
Avvalroq, u 29-avgustdan 4-sentyabrgacha har 44 soniyada bir kishi “COVID-19” infeksiyasidan vafot etganini aytgan edi. Shunga qaramay, JSST rahbarining taʼkidlashicha, butun dunyo boʻylab koronavirus infeksiyasi tufayli oʻlimlar soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring