JSST rahbari koronavirus pandemiyasini yengib oʻtishning 3 shartini maʼlum qildi
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Berlindagi Butunjahon sogʻliqni saqlash konferensiyasi ochilishida soʻzlagan nutqida insoniyat koronavirus pandemiyasini yengib oʻtishining uchta asosiy shartini sanab oʻtdi.
Bu haqda SSV matbuot xizmati «Korrespondent.net" xabariga tayanib maʼlum qildi.
Xususan, koronavirus pandemiyasini yengib oʻtishining uchta asosiy shartini quyidagicha taʼkidlagan:
— COVAX mexanizmi boʻyicha vaksina yetkazib berish ustuvor vazifaga aylansa;
— G20 davlatlari vaksinani tarqatish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarsa;
— Vaksinani ishlab chiquvchilar intellektual mulk huquqlarini bekor qilib, texnologiya va litsenziyalar bilan boʻlishsalar.
JSSTning Yevropa boʻyicha mintaqaviy direktori Xans Klyugening taʼkidlashicha, sogʻliqni saqlash tizimiga ortiqcha yuklanish holati boʻlmasa, JSST koronavirus pandemiyasi tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring