JSST: Havo ifloslanishi yiliga 6,7 million kishining umriga zomin boʻlmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ekspertlari insoniyat salomatligi va hayotiga tahdid solayotgan yana bir global xatar hamda uning asoratlari haqida maʼlumot berdi.
Tahlillarga koʻra, atmosfera havosining ifloslanishi yiliga dunyo boʻyicha 6 million 700 ming kishining hayotiga zomin boʻlmoqda. Bu raqam 2015-yilda eʼlon qilingan koʻrsatkichlardan birmuncha yuqori.
Xavotirli jihati, kelgusida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Ifloslangan havodan nafas olish aholi oʻrtasida xavfli kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻladi.
Jumladan, xuddi shu omil tufayli zaharli moddalar oʻpka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, nafas yoʻllarida jiddiy muammolar yuzaga keladi.
Kul zarralari va chang konsentratsiyasi ortishidan allergiyaga moyil bemorlar ham aziyat chekadi. Oʻz navbatida, bronxial astma, demans va boshqa koʻplab surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi paydo boʻladi.
Mazkur global muammodan ayniqsa, oʻrta va past daromadli mamlakatlar aholisi eng koʻp zarar koʻrishi taxmin qilinyapti.
Shu sababli JSST dunyo davlatlari atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tezkor va samarali choralar koʻrishi zarur, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring