JSST eksperti: pandemiya tugagani haqida tarqatilayotgan ayrim asossiz axborotlar odamlarni chalgʻitmoqda
Bundan ikki-uch hafta avval dunyoda epidemiologik vaziyat birmuncha izga tusha boshlaganidan quvongandik. Kunlik kasallanish koʻrsatkichlari sezilarli darajada pasayishi esa pandemiya oxirlayotganidan darak bergandek ham edi oʻshanda.
Ammo, mana, ikkinchi haftadirki, ahvol yana murakkablashmoqda. Qator davlatlarda oʻsish dinamikasi kuzatilyapti. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ushbu holatga nisbatan oʻz jiddiy xavotirini bildirib, buning eng asosiy sabablarini izohladi.
Tashkilot rahbari
JSST eksperti Mariya
Toʻgʻri, mazkur yangi shtamm avvalgi versiyalarga nisbatan oʻta ogʻir asoratlarni keltirib chiqarmaydi. Ammo uning keng tarqalishi shifoxona sharoitida davolanuvchilar soni yana ortishiga sabab boʻlmoqda.
Shunday sharoitda odamlarning karantin qoidalariga mutlaqo rioya qilmay qoʻygani, beparvolikka berilayotgani xavf koʻlamini tobora oshiryapti.
JSSTning favqulodda vaziyatlar dasturi ijrochi direktori doktor
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, COVID-19 hamon xavfli. Qolaversa, hozir bahor, odamlarning immuniteti birmuncha zaiflashgan. Bunday sharoitda infeksiya oson tarqalishi mumkin.
Shu sababli shifokorlar emlashning muhimligini bot-bot eslatishmoqda. Chunki kasallikdan oʻlim holatlarining aksariyati emlanmagan yoki toʻliq bosqichda vaksina olmaganlarda sodir boʻlyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring