JSST dunyoda vaboga chalinish holatlari koʻpayayotganidan ogohlantirdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, dunyo boʻylab vabo bilan kasallanish koʻrsatkichlari ortib bormoqda.
Epidemiya oʻchoqlari koʻpayishi, xastalikka qarshi vaksinalar hamda tibbiy resurslar yetishmasligi esa muammoning jiddiyligini anglatadi. Shu bois JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholayapti.
Tahlillarda qayd etilishicha, oʻtgan yili 667 mingdan ortiq kishiga vabo tashxisi qoʻyilib, ularning 4 mingdan ortigʻi hayotdan koʻz yumgan.
Eng halokatli epidemiyalar Malavi va Gaitida yuz berdi. Xususan, xastalik Malavida 1771 nafar, Gaitida esa 1156 kishining oʻlimiga sabab boʻldi.
“The Guardian“ nashrining yozishicha, hozir ham epidemiologik vaziyat yomon. Yangi yil boshidan buyon 30 ta davlatda vaboning oʻsish dinamikasi kuzatilyapti. Bu esa JSST tasnifiga koʻra, 3-darajali favqulodda holatdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring