JSST: Dunyoda har yili 5 million kishiga epilepsiya tashxisi qoʻyilmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan epilepsiya kasalligi bilan bogʻliq yangi hisobot eʼlon qilindi. Unga koʻra, hozir dunyo boʻyicha taxminan 50 million kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda.
Achinarlisi, keyingi davrda bunday bemorlar soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Ularning qariyb 80 foizi past va oʻrta daromadga ega mamlakatlar aholisidir. Yaʼni mazkur hududlarda har 100 000 kishidan 139 nafariga epilepsiya tashxisi qoʻyilmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, oʻsish dinamikasi Yer yuzida endemik kasalliklar xavfi ortishi, yoʻl-transport hodisalari va tugʻilish chogʻidagi jarohatlar koʻpayishi, qolaversa, tibbiy infratuzilma, profilaktika dasturlari hamda arzon va malakali tibbiy yordam yetishmasligi kabi qator omillar bilan bogʻliq.
Vaholanki, epilepsiya xurujlarining oldini olsa boʻladi. Bundan tashqari, 70 foiz bemorlar tutqanoqqa qarshi dorilar yordamida toʻgʻri muolaja olib, bu darddan xoli yashashlari mumkin.
Ammo kam daromadli mamlakatlarda epilepsiyaga chalingan odamlarning toʻrtdan uch qismi davolanmaydi. Oʻz navbatida, bunday davlatlarda antikonvulsant dorilar taʼminoti 50 foizga ham yetmaydi.
Aksariyat hollarda epilepsiyani birlamchi tibbiyot muassasalarida murakkab asbob-uskunalarsiz tashxislash va davolash imkoniyati mavjud. Ammo bunday bilim va koʻnikmaga ega mutaxassislar barcha hududlarda ham, afsuski, yetarli emas.
Shularni hisobga olgan holda, JSST epilepsiya diagnostikasi va muolajasida samaradorlikka erishish uchun birlamchi tibbiyot muassasalari xodimlarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish zarur, degan xulosada.
Elatib oʻtamiz, epilepsiya – turli xil xurujlar va hushdan ketishlar bilan namoyon boʻluvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. U xalq orasida tutqanoq, quyonchiq, deb ham ataladi. Xastalik 70 foiz holatda 20 yoshgacha boʻlgan davrda rivojlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring