Joze Mourinyo yangi jamoada ish boshlashi mumkin

Portugaliyalik taniqli mutaxassis Joze Mourinyo faoliyatini “Benfika” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Joriy yilning 16-sentyabr UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida Portugaliyaning “Benfika” klubi Ozarbayjonning “Qorabogʻ” jamoasiga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu voqeadan soʻng “Benfika” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Bruno Lajeni isteʼfoga chiqardi.
Romanoning yozilishicha, endilikda jamoa boshqaruviga ayni vaqtda ishsiz yurgan Joze Mourinyo taklif etilmoqda. Qayd etish kerakki, Mourinyo uchun ushbu klub notanish emas, mutaxassis 2000-yilda bir muddat “Benfika”ni boshqargan.
Maʼlumot uchun, Joze Mourinyo faoliyati davomida “Chelsi”, “Inter”, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma” kabi klublarni boshqargan. Uning soʻnggi jamoasi Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring