Joriy yilning 7 oyida AQSHga safar qilgan oʻzbekistonliklar soni haqida maʼlumot berildi

16:48 15 Sentyabr 2025 Jamiyat
134 0

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 7 oyida AQSHga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

  • sayyohlik – 5 683 nafar;
  • qarindoshlarni yoʻqlash – 1 978 nafar;
  • oʻqish – 179 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 104 nafar;
  • davolanish – 23 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 996 nafarga yoki 14,3 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?