Jo Bayden oʻz vakolatlarini vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden kolonoskopiya* muolajasidan soʻng prezident vazifasini bajarishga qaytgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Bayden ertalab davlat rahbari lavozimiga qaytgan. Prezident yaxshi kayfiyatda boʻlgan, ammo odatiy tekshiruvni tugatmaguncha Uolter Rid harbiy tibbiyot markazida qoladi.
Bir kun oldin Bayden oʻz vakolatlarini vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirgan edi. Chunki u rejadagi tibbiy koʻrik doirasida kolonoskopiyadan oʻtishga kerak boʻlgan. Bayden 2002 va 2007-yillarda ham kolonoskopiya muolajasidan oʻtgan.
*Kolonoskopiya — yoʻgʻon va toʻgʻri ichakni endoskopik tekshiruvning samarali va aniq usulidir. Yoʻgʻon ichak holatini uning barcha uzunligida baholash imkonini beradi. Oʻsma oʻzgarishlarining oldini olish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring