Jizzax viloyatida temiryoʻl stansiyasi boshligʻi pora bilan ushlandi
“Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Dashtobod stansiyasi boshligʻi pora olayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda Xavfsizlik Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Qayd etlishicha, Dashtobod stansiyasi boshligʻi salmoqli pul evaziga MCHJlardan biri tomonidan Tojikistondan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir ortilgan 100 ta yuk vagonni tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish boʻyicha kelishgan.
U stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temiryoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olingani boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MChJ vakilidan har bir vagon uchun 100 dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan”, deyiladi DXX xabarida.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan sudlangan va oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring