Jizzax politexnika institutining Muhandislik maktabi ochildi

16:42 02 Dekabr 2025 Siyosat
146 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jizzax politexnika institutining Muhandislik maktabi ochildi. Bu yerda har yili 300 nafar viloyat yoshlari dual taʼlim asosida zamonaviy muhandis boʻlib chiqadi. Bu haqda Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytildi.

“Ilgari avtomobilsozlik deganda hamma faqat Asakani tushunardi. Hamkorlarimiz bilan Jizzaxda ham yiliga 175 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi”, dedi Prezidentimiz.

Ushbu institut Vengriyaning mashhur Abuda universiteti boshqaruviga berilib, unda nafaqat avtosanoat uchun, balki elektrotexnika, transport, qurilish va qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligida muhandislar, sunʼiy intellekt boʻyicha mutaxassislar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi.

Qisqa fursatda Zomin, Forish, Arnasoy tumanlari va Jizzax shahrida 2 milliard dollarlik 500 dan ziyod turizm va servis obyektlari ish boshladi. Arnasoy va Zominda 300 million dollar hisobiga 12 oy davomida toʻliq ishlaydigan kurort zonalari ishga tushgani, ularda aeroportlar barpo etilgani natijasida Jizzax eng jozibador turistik marshrutlardan biriga aylandi.

Sakkiz yil oldin Jizzaxdagi ish oʻrinlarining 42 foizi qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bugun 310 mingga yaqin viloyat aholisi sanoat va servis sohalaridagi yuqori daromadli ishlar bilan band.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?