Jizzax avtomobilsozlik markaziga aylanmoqda
Jizzaxda «ADM Jizzakh» yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi korxona yangi binosining ochilish marosimi va «Kia Sonet» avtomobilining taqdimoti oʻtkazildi.
Unda soʻzga chiqqan viloyat hokimi Э.Салиев Prezidentimiz eʼtibori tufayli Jizzaxda mashinasozlik sohasi tobora rivoj topib borayotgani, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali keyingi yillarda viloyatda mashinasozlik sohasida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilayotganini taʼkidladi.
Taʼkidlanganidek, viloyatning Sharof Rashidov tumanida joylashgan «ADM Jizzakh» korxonasida «KIA», «Chery» brendlari ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Loyihani amalga oshirishda 226 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar oʻzlashtirilib, bugungi kunda 1 ming 300 nafar yangi ish oʻrini yaratildi. Korxonada yiliga 100 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish quvvati mavjud boʻlib, kelgusida ish oʻrinlari soni 3 ming nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Korxona yuqori texnologiyalarni jalb qilgan holda payvandlash, boʻyoqlash va yigʻish jarayonlarini qamrab oluvchi toʻliq ishlab chiqarish sikli asosida ishlamoqda. Bu yerda ishlab chiqariladigan avtomobillar sifatini yanada oshirish maqsadida Janubiy Koreya, Hindiston va Xitoy davlatlaridan malakali mutaxassislar jalb etilgan. Bu borada xorijiy hamkorlar bilan joriy yildan boshlab dastlab 50 nafar muhandislar Janubiy Koreya hamda Xitoydagi tadqiqot hamda loyihalash markazlarida malaka oshirishga yuborilishi belgilangan.
Tadbir doirasida viloyat rahbari Janubiy Koreyadan kelgan tadbirkorlar bilan manfaatli muloqot oʻtkazdi.
Said DONISHEV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring