Janubiy Koreyada yurtdoshlarimiz avtomobil sohasida ishlashlari mumkin
Foto: mehnatvazirligi
Janubiy Koreyadagi yurtdoshlarimiz avtomobil sohasida ishlashlari mumkin. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Koreya Respublikasining Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kvak Yong Chol oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi.
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida tashkil etilgan mazkur muloqotda ushbu davlat provinsiyalaridagi avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uyushmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Koreya avtomobilsozlik sanoati uyushmasi tarkibida 6 800 ta korxona mavjud boʻlib, unda 48 ming nafar xodim faoliyat olib boradi. Koreyaliklar ushbu tarmoqda yana yiliga 3 mingta ishchiga talab borligini bildirdi. Muloqotda aynan ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish rejalari maʼlum qilinib, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishiga qiziquvchi yurtdoshlarimizni qamrab olishga kelishib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring