Jami 7 ta gol kiritilgan bahsda Oʻzbekiston Marokashga magʻlub boʻldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyaning Xeres shahrida oʻtkazilayotgan tijoriy turnirda soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.
Bu gal Islom Ismoilov qoʻl ostidagi jamoaga Marokash termasi raqiblik qildi. Oʻzbekiston oʻsmirlari bahsni quyidagi tarkib bilan boshladi:
Neʼmatullo Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Moʻminxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Muhammad Habibullayev, Sayfiddin Sodiqov, Muhammadali Musaxonov, Abubakr Shukurullayev, Azizbek Erimbetov, Asilbek Aliyev, Hojiakbar Yusufboyev.
Uchrashuv 4:3 hisobi bilan Afrika vakillarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Oʻzbekiston U-17 terma jamoasidan Sayfiddin Sodiqov, Moʻminxon Bahodirxonov va Germaniyaning “Rot Vayss Ayntraxt” klubi aʼzosi Xayrullo Ergashev mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi ayni vaqtda joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Oʻsmirlarimiz Panama, Paragvay va Irlandiya terma jamoalari bilan birga turnirning “J” guruhidan oʻrin egallagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring