Jalaquduq tumanida adirlik hududlarning suv taʼminoti yaxshilanmoqda
Saminjon Husanov/“Xalq soʻzi”. Jalaquduq tumanidagi “Gulbahor” va “Qoʻrtqi” massivlari tabiiy goʻzalligi bilan ajralib turadi. Biroq adirlikda joylashgan ushbu hududlarda sugʻorish tizimidagi mavjud muammolar tufayli ekinzorlarda koʻzlangan natijalarga erishish qiyinlashgandi. Bugungi kunda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari ana shunday muammolarning ijobiy yechimini taʼminlashga qaratilgan.

— Hududdagi mavjud fermer xoʻjaliklarida ekinlarni sugʻorish ishlarini toʻgʻri tashkil etish orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkin, — deydi “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi Bekzodbek Ahmedov. — Buning uchun yetarli sharoit mavjud boʻlishi kerak. Ayni paytda hududda “Gulbahor-2” nasos stansiyasida yangi nasosni ishga tushirish, 28 km.dan iborat yangi suv tarmogʻini oʻrnatish va 30 km. mavjud quvurda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha toʻliq yakunlangandan soʻng, 2250 gektar maydonda suv taʼminoti tubdan yaxshilanadi va yangi ekin maydonlarini oʻzlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring