Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi mintaqaviy direktori tayinlandi
Naji Benxasin Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi mintaqaviy direktori vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati xabar qildi.
U oʻz faoliyatini Jahon bankining Toshkentdagi (Oʻzbekiston) vakolatxonasidan amalga oshiradi. Benxasin oʻz lavozimida Jahon bankining Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondagi operatsiyalarini nazorat qiladi.
Benxasin 2021-yildan joriy yilning iyunigacha ushbu lavozimda ishlagan Tatyana Proskuryakova oʻrniga Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktor lavozimini egalladi.
“Jahon bankining 80 milliondan ziyod aholi yashaydigan, shiddatli iqtisodiy va demografik transformatsiyani boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi jadal va koʻp qirrali faoliyatiga rahbarlik qilish men uchun katta sharafdir”, deydi Benxasin oʻz tayinlovi yuzasidan.
Jazoyir fuqarosi boʻlmish Naji Benxasin 2001-yilda Jahon bankida professional faoliyatini boshlagan. Oʻshandan beri u bir qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Janob Benxasin Markaziy Osiyoga tayinlanishidan oldin 2020-yil iyulidan 2025-yil iyunigacha Jahon bankining Pokistondagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.
Taʼkidlash joiz, hozirda Jahon banki Markaziy Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan 11 milliard dollarlik 85 ta loyiha ustida ishlamoqda. Benxasinning taʼkidlashicha, u mintaqada inklyuziv bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash niyatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring