Zelenskiy Trampning Qrimga boʻlgan daʼvolaridan voz kechish chaqirigʻiga javob berdi

10:37 18 Avgust 2025 Dunyo
206 0

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining AQSH prezidenti Donald Trampning Qrimga boʻlgan daʼvolardan voz kechish orqali mojaroga chek qoʻyish mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.

“Oʻshanda Qrim tashlab ketilmasligi kerak edi”, — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u harbiy harakatlarni tezroq tugatishga intilayotganini taʼkidlab, uzoq muddatli tinchlikka erishish zarurligini taʼkidladi.

Oldinroq Tramp agar Zelenskiy Qrimdan voz kechsa va NATOga kirmaslikka rozi boʻlsa, mojaroga deyarli darhol barham berishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.

Bugun Oq uyda Tramp va Zelenskiyning fevraldagi kelishmovchiligidan keyin birinchi shaxsiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, muloqot mavzularidan biri Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasi boʻladi.

AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff esa Vashington hududiy masalalarda kelishuvlarga erishish kutilayotgani bildirdi.

Muzokaralarda Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuell Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ham ishtirok etadi.

Tramp dastlab Zelenskiyning ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazadi. Shundan soʻng Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan koʻp tomonlama formatda muloqot tashkil etiladi.

Avvalroq Zelenskiy Vashingtonga kelganidan xursandligini va mojaroga barham berish istagida ekanligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер