Zelenskiy Trampga yaqinlashish uchun “oʻziga xos” yurishni tanladi

12:56 09 Iyul 2025 Dunyo
95 0

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Trampga mamlakatning AQSHdagi elchisini almashtirishga vaʼda berdi. Bu haqda ikki mustaqil manba — “Financial Times” va “Bloomberg” xabar bermoqda.

Nashrlarning yozishicha, prezidentlar telefon orqali Ukrainaning AQSHdagi elchisi Oksana Markarovani almashtirishga kelishib olgan. Kelajakda ular almashtirish uchun potensial nomzodlarni birgalikda muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Ukrainaning “Suspilne” nashriga koʻra, Zelenskiy Markarovani ishdan boʻshatish niyati haqida xabardor qilgan.

Taʼkidlanishicha, Markarova Trampning Kongressdagi koʻplab ittifoqchilari tomonidan demokratlarga haddan tashqari yaqinligi uchun tanqid qilingan. Uning oʻrniga tayinlanadigan diplomat Zelenskiyning Tramp maʼmuriyati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan qadami boʻlishi mumkin.

Shu oʻrinda “Financial Times” nashri jarayonda ishtirok etayotgan ukrainalik yuqori martabali amaldorning fikrlarini keltirgan. “Zelenskiy ham Oq uy, ham Kongress uchun tushunarli boʻlgan yaxshi muzokarachini elchi etib tayinlamoqchi. Ushbu diplomatik oʻzgarishlar Ukrainada urush boshlanganidan beri keyingi hafta kutilayotgan vazirlar mahkamasidagi eng katta oʻzgarishlarning mantiqiy davomi boʻladi”, degan siyosatchi.

“Bloomberg” xabariga koʻra, Kiyevning Vashingtondagi elchisi lavozimiga potensial nomzodlar orasida bosh vazir Denis Shmixal, mudofaa vaziri Rustem Umerov, Yevropa integratsiyasi vaziri Olga Stefanishina va energetika vaziri Xerman Galushchenko bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер