Zelenskiy Rustem Umerovni Ukraina mudofaa vaziri lavozimidan ozod etdi

16:23 18 Iyul 2025 Dunyo
273 0

Foto: AP

Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan Rustem Umerov mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi etib tayinlandi. Bu haqda “RBK-Ukraina” nashri xabar berdi.

“Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi etib tayinlandi”, — deyiladi nashr xabarida.

Taʼkidlanishicha, uning oʻrniga mamlakat qurolli kuchlari rahbarligiga asli kasbi injener-iqtisodchi boʻlgan Denis Anatolyevich Shmыgal tayinlangan.

Bungacha Rada deputati Yaroslav Jeleznyak AQSH Umerovning Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermakka sodiqligi tufayli AQSHdagi elchi lavozimiga nomzodini maʼqullamaganini maʼlum qilgandi. Bunga uning AQSH fuqaroligiga egaligi ham sabab boʻlgan.

Rustem Enverovich Umerov 1982-yil 19-aprelda Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Asli tadbirkor boʻlgan Rustem Umarov 2022-2023-yillarda Ukraina davlat mulki jamgʻarmasi raisi, 2023-yilning 6-sentyabridan 2025-yilning 17-iyuligacha esa Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер