Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Zarafshon daryosining “Urganji” mahallasidan oqib oʻtuvchi hududida noqonuniy qum-shagʻal qazib olgan shaxsga chora koʻrildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.
Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 14 million 152 ming 320 soʻm zarar undirilishi ham belgilandi.
Bundan tashqari, hodisa joyidan qochishga uringan yuk avtomashinalari haydovchilari ichki ishlar organlari orqali aniqlandi. Davlat inspektorlarining talablarini bajarmaganliklari uchun ularga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz, prezidentning tegishli farmoni bilan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga 2024-yil 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring