Zangiotada 1,1 milliard soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi

16:10 23 Sentyabr 2025 Jamiyat
102 0

Toshkent viloyatida 1,1 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʻminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oʻtkazilgan reyd jarayonida “Q. K.” nomli umumiy ovqatlanish maskanidagi gaz jihozlarining sarfi isteʼmolchi tomonidan oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan oshiqcha ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, hisob-kitob qilinganda davlat va jamiyat manfaatlariga 1 milliard 157 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʻlum boʻlgan.

Ushbu noqonuniy holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер