“Yuventus” yirik hisobda gʻalabaga erishdi

10:30 26 Yanvar 2026 Jamiyat
154 0

Kecha, 25-yanvar kuni Italiya A seriyasining 22-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Yuventus” klubi oʻz maydonida “Napoli”ni qabul qildi. Oʻyin “keksa sinyora”ning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

22-daqiqada hujumchi Jonatan Devid hisobni ochgan boʻlsa, 77-daqiqada iqtidorli Kenan Yildiz oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Oʻyin yakunida, 86-daqiqada Filip Kostich neapolliklar darvozasiga uchinchi golni urib, yakuniy hisobni oʻrnatdi.

Ushbu gʻalabadan soʻng “Yuventus” ochkolari sonini 42 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-oʻringa koʻtarilib oldi. Magʻlubiyatga uchragan “Napoli” esa 43 ochko bilan 3-pogʻonada qoldi va peshqadam “Inter”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?