Yurtimizda grippga qarshi qancha oʻquvchi va bogʻcha tarbiyalanuvchisi emlandi?
Qish fasli — oʻtkir respirator infeksiyalar hamda grippning mavsumiy koʻtarilish davri. Ayniqsa, bogʻcha tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida bunday kasalliklarga chalinish holatlari koʻp uchramoqda.
Bunga qarshi eng samarali profilaktik chora esa emlash tadbirlaridir. Shu bois milliy emlash kalendariga muvofiq, yurtimizda grippga qarshi vaksinatsiya jarayonlari sentyabr-oktyabr oylaridan boshlanib, mart oyigacha davom etadi.
Bu Prezidentimizning 2020-yil 26-avgustdagi “Aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda respublika maxsus komissiyasining joriy yil 25-fevraldagi 64-sonli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan ham
Ushbu hujjatlarga koʻra, ayni paytda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilari grippga qarshi emlanmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning avgust oyidan oktyabr oyigacha 3 705 588 doza grippga qarshi vaksina olib kelindi.
Shuningdek, kasallanish holatlari ortishi sababli, hukumatimiz tomonidan yurtimizga 2 million doza «
2021-yil 3-dekabr holatiga koʻra, mamlakatimiz boʻylab tashkil etilgan emlash punktlarida 1 324 185 nafar MTT tarbiyalanuvchisi, 671 852 nafar 1-sinf oʻquvchisi grippga qarshi emlandi.
Shunday qilib, jami 1 996 037 nafar bola grippga qarshi vaksina oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring