Yurtdoshlarimizning 96 ming rubl ish haqi undirib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakolatxonasiga ayni paytda Rossiyada ishlayotgan namanganlik M.N. va uning turmush oʻrtogʻi M.S. hujjatlari va oylik ish haqini undirib berishni soʻrab murojaat qilgan.
Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, M.N. turmush oʻrtogʻi bilan Tyumen shahridagi “Art-stroy” qurilish korxonasida ishlagan. Mazkur korxonada ishlayotgan sheriklari bilan moliyaviy ziddiyat chiqqan va Sverdlovsk viloyatida yashaydigan tanishining oldiga ketgan.
Vakolatxonada fuqarolar oʻrtasida qurilish sohasiga oid masalalar hisoblandi va yuzaga kelgan muammoning boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Natijada M.N. va M.Sning 96 ming rubl ish haqi undirib berildi va hujjati qaytarildi.
Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda mehnat migrantlari turli jinoyatlarga aralashib qolayotgani, xorijiy davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi eslatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring