“YouTube”da “Play Something” funksiyasi paydo boʻladi
YouTube foydalanuvchilarga qiziqishlariga mos holda tasodifiy videolarni taklif etuvchi yangi funksiyani sinovdan oʻtkaza boshladi. Bu haqda «9to5google» nashri maʼlum qildi.
Yangi funksiya “Play Something” deb nomlanib, suzuvchi harakat tugmasi koʻrinishida ishlaydi. Tugma qora fon ustida oq matnda yozilgan “Play Something” yozuvi va ijro belgisidan iborat boʻlib, interfeysda sezilarli darajada ajralib turadi.
Mazkur tugmani bosish orqali foydalanuvchi “Shorts”da videoni tomosha qilishni boshlaydi.
Qiziqarli tomoni shundaki, bu funksiya nafaqat “Shorts” videolari, balki oddiy kontentni ham portret rejimida namoyish etadi.
Interfeysning oʻng tomonida yoqtirish, yoqtirmaslik, izoh qoldirish va ulashish uchun katta tugmalar, pastki qismida esa vaqt shkalasi joylashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ayrim “Android” foydalanuvchilari ushbu funksiyadan allaqachon foydalanishni boshlashgan. Yangi funksiya foydalanuvchilarga koʻproq qiziqarli videolarni topishda yordam berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring