Yoshlik — inson umrining eng baxtsiz davriga aylanmoqda — Tadqiqot

12:51 05 Mart 2025 Dunyo
166 0

Tadqiqotchilar bugungi kunda yoshlik hayotning eng baxtli davri emasligini taʼkidlashmoqda. Bu haqida “The Guardian” nashri maʼlumot berdi.

Unga koʻra, olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlardan soʻng maʼlum boʻlishicha, global inqiroz hamda barqarorlikning mavjud emasligi bugungi zamon yoshlarini oʻz hayotidan norozi kayfiyatga solib qoʻymoqda. Yoshlar orasidagi baxtlilik darajasi soʻnggi 10-yil ichida keskin pasayib ketgan.

Taʼkidlanishicha, ilgari umr davomidagi inqirozli davr 40-50 yoshlar atrofida roʻy beradi deb hisoblangan boʻlsa, bugungi kunga kelib bu koʻrsatgich aynan yoshlik yillariga toʻgʻri kelmoqda.

“Yarim asrdan koʻproq vaqt davomida oʻrta yoshdagi inqiroz Gʻarb jamiyatining oʻziga xos xususiyatlaridan biri sifatida qarab kelingan edi. Kuchli rivojlanish yillari tezkor hamda shoshilinchda qaror qabul qilishga undagan. Shu zayilda hamma qarorlar tushkunlikka sabab boʻluvchi omillar tomon yetaklab boravergan”, — deydi tadqiqotchilar guruhi vakili.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining topshirigʻiga binoan, etakchi akademiklar Jan Tvenge va Devid Blanchflover dunyoning oltita ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarida boʻlib, turli tadqiqotlar oʻtkazishdi.

Unda aniqlanishicha, hozirda yoshlarning ruhiy salomatligi inqiroz yoqasida turibdi. Bu holat shu vaqtgacha baxtsizlik chegarasi deb bilingan maʼlum yosh toifasi haqidagi anʼanaviy tushunchalarni parchalar yuboradi.

“Endilikda insonlarning hayotdan qoniqish hissi yoshga bogʻliq boʻlib boraveradi. Koʻpchilikda bu jarayon beparvo yoshlik, masʼuliyatli oʻrta yosh hamda undan keyingi yengil davr koʻrinishida namoyon boʻladi va shakllanadi”, — deydi akademiklar oʻz tadqiqotlariga asoslanib.

AQSh Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi tomonidan chop etilgan maqolada aytilishicha, Qoʻshma shtatlarda mavjud boʻlgan yosh boʻyicha farovonlikning anʼanaviy shakli yoʻqolib, oʻrnini yoshlar oʻrtasidagi ommalashib borayotgan baxtlilik inqirozi egallamoqda.

Maʼlumot uchun, ushbu jarayonlarning birgina ijobiy tomoni ham bor. Jumladan, inson ulgʻaygani sari holati yengillashib boraveradi. Avvallari kayfiyatdagi oʻzgarishlar yaxshi, oʻrtacha hamda yomon shaklda boʻlgan boʻlsa, endilikda tushkunlik davri birinchi, murakkab davr oʻrtacha yoshda, xotirjamlik esa keksalik yillariga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер