"Yosh kitobxon" tanlovi
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 2017 yildan buyon an'anaviy tarzda "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazib kelinmoqda.
"Yosh kitobxon" tanloviga bugungi kunga qadar 4,7 mln. nafardan ortiq yoshlar qamrab olinib, 17 nafar tanlov g'oliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovg'asi "Spark" avtomashinasi sovrindori bo'ldi.

Ma'lumot uchun: "Yosh kitobxon" tanlovi 3 ta yosh toifasida (10-14 yosh, 15- 19 yosh, 20-30 yosh) mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika bosqichlarida o'tkazilmoqda. Tanlovda yoshlar 5 ta shart- "Badiiy asarlar bilimdoni", "Tezkor savol- javob", "Buyuk mutafakkir va adib", "She'riyat", "Insho yozish" shartlarida bellashadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 10-14 yoshdagilar maxsus shakllantirilgan ro'yxat asosida 40 nomdagi, 15-19, 20-30 yoshdagilar 50 nomdagi o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop asarlari o'qish belgilangan. Tanlovda ishtirokchilardan kitoblarda ilgari surilgan Vatan, oila va do'stlarga bo'lgan sadoqat g'oyalari, komil inson fazilatlari yuzasidan mustaqil fikr yuritishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2023 yilda 805 ming (2022 yilda 640 ming) nafarga yaqin yoshlar onlayn tarzda ariza topshirdi.
Tanlovning mahalla va sektor bosqichlarida ishtirokchilar test savollari orqali saralangan bo'lsa, g'oliblar tuman (shahar) bosqichlarida 1 ta shart (1. Tezkor savol-javob), hududiy bosqichlarda 2 ta shart (1. Badiiy asarlar bilimdoni, 2. Tezkor savol-javob) asosida o'zaro bellashdi.

Joriy yilning 15-23 fevral kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida hududiy bosqich g'oliblari (jami 42 nafar) respublika bosqichida quyidagi 5 ta shart asosida o'zaro bellashadi:
1. "Badiiy asarlar bilimdoni" sharti;
2. "Tezkor savol-javob” sharti;
3. "Buyuk mutafakkir va adib” sharti;
4. "She'riyat" sharti;
5. "Insho yozish" sharti.

Tanlovning respublika bosqichida 1-o'rin g'oliblari - Prezident sovg'asi "Spark" avtomashinasi, 2-o'rin g'oliblari - 50 mln so'mdan, 3-o'rin g'oliblari - 30 mln so'mdan, qolgan ishtirokchilar 10 min so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.








Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring