Yashil kelajak sari qadam
Xorazm viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida koʻchat ekish ishlarini tizimli tashkil etish, iqlim sharoitiga mos koʻchat turlarini tanlash va ularni toʻgʻri parvarishlash masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan koʻchatlarni ekish va parvarishlashning ilgʻor usullari boʻyicha amaliy koʻrgazmalar tashkil etildi.
— Viloyatimizda soʻngi 4-yil davomida 70 mln dona daraxt koʻchatlari ekilib, viloyatning yashillik darajasi 7 foizdan 14,5 foizga yetdi, — deydi Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Xorazm viloyat Kengashi raisi Kamolbek Jumaniyozov. — Joriy yilda 14 mln 500 ming dona koʻchat ekish va yashillik darajasini 16 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari Orolboʻyi mintaqasida soʻngi uch yil mobaynida 45 ming gektarga 800 ming tup saksovul koʻchatlari hamda 160 tonna saksovul urugʻlari ekilib, yashil qoplamalar tashkil qilindi. Joriy yilda15 ming gektarga 200 ming tup saksovul koʻchatlari hamda 61 tonna urugʻi ekiladi.
Bundan 2-3-yil oldin viloyatda koʻchatlar zaxirasi kamligi sababli boshqa hududlardan olib kelinar edi. Bugungi kunga kelib zarur miqdordagi koʻchatlarni viloyatning oʻzida yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kunda ekishga tayyor boʻlgan jami 15 mln tup koʻchat hamda 26 mln dona koʻchat qalamchalari mavjud.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Bogʻot tumani hududida koʻchat ekish aksiyasi ham oʻtkazilib, manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring