Yanvar–sentyabr oylarida respublika boʻyicha qancha kartoshka yetishtirilgani ochiqlandi

13:13 09 Noyabr 2025 Jamiyat
405 0

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 3,1 million tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan kartoshka hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Samarqand viloyati – 631 ming 922 tonna;
  • Fargʻona viloyati – 317 ming 426 tonna;
  • Toshkent viloyati – 320 ming 53 tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 316 ming 52 tonna;
  • Andijon viloyati – 306 ming 60 tonna;
  • Namangan viloyati – 298 ming 992 tonna;
  • Buxoro viloyati – 278 ming 682 tonna;
  • Navoiy viloyati – 83 ming 552 tonna;
  • Jizzax viloyati – 68 ming 103 tonna;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 66 ming 102 tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 60 ming 131 tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 168 ming 317 tonna;
  • Xorazm viloyati – 140 ming 672 tonna;
  • Toshkent shahri – 429 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?