Yanvar oyida qariyb 600 ming oʻzbekistonlik xorijga safar qildi

12:15 20 Fevral 2026 Jamiyat
207 0

2026-yil yanvar oyida 589 647 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning ilk oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlatlar roʻyxatida Qirgʻiz Respublikasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatga yanvar oyida 232 174 nafar oʻzbekistonlik tashrif buyurgan. Undan keyingi oʻrinlarda 98 659 nafar yurtdoshlarimiz borgan Tojikiston ikkinchi, 88 012 nafar koʻrsatkich bilan Qozogʻiston uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoniga 62 655 nafar, Rossiyaga 32 291 nafar, Turkiyaga 17 288 nafar, BAA 16 030 nafar, Tailandga 6 890 nafar, Xitoyga 6 117 nafar hamda Misrga 4 585 nafar Oʻzbekiston fuqarolari tashrif buyurgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер