Yanvar oyida 69 ming nafar chaqaloq dunyoga keldi

12:35 22 Fevral 2022 Jamiyat
917 0

2022-yilning yanvar oyida yurtimizda 69 198 nafar chaqaloq tugʻildi.

Yanvar oyida tugʻilganlar:

— oʻgʻil bolalar soni – 35 401 nafar;

— qiz bolalar soni – 33 797 nafar.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, eng koʻp tugʻilish Samarqand viloyati (8 516 nafar)da qayd etilgan.

Yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Maʼlumot uchun, 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda — 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda esa 1644 nafar chaqaloq tugʻilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?