Yangiyoʻlda yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: Toshkent viloyati FVB
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida HOWO rusumli yuk avtomashinasi yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 2-oktyabr kuni soat 14:52 da Yangiyoʻl tumani “Qoʻshyoʻgʻoch” MFY hududidan oʻtuvchi Oqqoʻrgʻon–Yangiyoʻl avtomobil yoʻlida yuz bergan. Viloyat FVBga ushbu yoʻlning 55-kilometrida harakatlanib ketayotgan HOWO rusumli yuk avtomashinasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 15:00 da alangani toʻliq bartaraf etgan.
Bildirilishicha, yuk mashinasi 1975-yilda tugʻilgan K.Mga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring