Yangiyoʻl va Ohangaronda “ogʻufurush”lar qoʻlga olindi
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Toshkent viloyatida 1 kilogrammdan ortiq “gashish” va 1883 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan fuqaro xaridorga 1 kg 12 gr “gashish” giyohvandlik moddasini 13 ming dollarga sotishni kelishib olgan. Keyin esa Yangiyoʻl tumanidagi mehmonxonada kelishilgan mablagʻdan 1000 dollarni olayotgan paytda qoʻlga olinib, fuqarodan 1 kilogrammdan ziyod “gashish” narkotik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Boshqa bir holatda Ohangaron shahrida Spark rusumli avtomashina belgilangan tartibda toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Uning yukxonasidagi ovoz kuchaytirgich ichidan 841 dona “Zardeks” va 1042 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu moddalar avtomashinada yoʻlovchi sifatida harakatlanib ketayotgan 3 nafar fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Ular bu dorilarni Ohangaron shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring