Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi

16:19 14 Avgust 2025 Jamiyat
313 0

Videodan kadr

Yangi Toshkent shahridagi ilk metro yoʻnalishi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Bu haqda “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Turkiyaning “Xvav Yapi Sanayi Ve Tic.A.S.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha qiymati 110 million dollarga baholangan. Mablagʻlarning 11 million dollari 2025-yilda, qolgan 99 million dollari esa 2026-yilda oʻzlashtirilishi belgilangan.

Keltirilishicha, loyiha doirasida 8 kilometr uzunlikdagi 3 ta bekatdan iborat metro liniyasi quriladi.

Maʼlumot uchun, Yangi Toshkent shahriga boradigan metro yoʻli hozirgi “Doʻstlik” metro bekatidan boshlanadi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat boʻlishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yoʻlovchilarni qamrab ololadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-iyun kuni mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishib, masʼullarga qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?