Yangi O‘zbekistonning "Inson huquqlari uyi" inson huquqlari sohasidagi ta’lim, ma’rifat va madaniyat ramzi

Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
3 dekabr kuni Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Axborot-resurs markazi negizida "Inson huquqlari uyi" o‘z faoliyatini rasman boshladi. Shu munosabat bilan Milliy markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Tadbirga faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ‘ib kilish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari. O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari qatnashdi. Bundan tashqari, "Inson huquklari uyi"ning ochilishi tadbirini mamlakatimizning barcha hududlari markazlaridagi kutubxonachilar onlayn kuzatib bordi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan bunyod etilgan "Inson huquqlari uyi"ning ochilishi mamlakatimiz inson huquqlarini himoya qilish tizimi taraqqiyoti yo‘lida g‘oyat muhim qadam ekanligini e’tirof etdilar. Ushbu tantanali tadbir 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 10 dekabr Inson huquqlari xalqaro kuni timsolidagi ikkita muhim sanaga bag‘ishlangani bejiz emasligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Prezidentining "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini keng ochib berdi", deb ta’kidlagani zamirida g‘oyat ulug‘vor haqiqatlar mujassam. Agar dunyo mamlakatlari Konstitutsiyalarida insonning 110 dan ortiq huquqi qayd etilgan bo‘lsa, bu huquqlarning 90 tasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mavjud va shu huquqlardan 40 tasi yangi konstitutsiyaviy huquqlardir.
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring