“Yangi Oʻzbekistonda oliy taʼlim: kecha, bugun va ertaga”
Mamlakatimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, jonajon Oʻzbekistonimizning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashi yoshlarimizning bugungi taʼlim-tarbiyasi, qanday insonlar boʻlib voyaga yetishiga bogʻliq. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlardan koʻzlangan asl maqsad ham shu aslida.
Yaqinda nashrdan chiqib, keng kitobxonlar ommasi qoʻliga yetib borgan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning ushbu kitobida ham yurtimizdagi oliy taʼlim tizimi, keyingi yillarda bu soha rivoji uchun hayotga tatbiq etilgan ezgu tashabbuslar, uning yutuq va kamchiliklari haqida soʻz boradi.
Muallifning turli fikr-mulohazalar, tahliliy-tanqidiy qarashlar asosida yozgan maqolalaridan tarkib topgan ushbu toʻplam Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan.
Kitobda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar, oliy taʼlim tizimidagi sifat oʻzgarishlari ilmiy asoslangan.
Ishonamizki, yurtimizdagi oliy taʼlim, ilm-fan, taʼlim-tarbiya tizimi rivojining bugungi suratlariga chizgilar berilgan ushbu yangi asar nafaqat shu soha vakillari, balki keng jamoatchilik, oʻquvchi-yoshlar uchun qiziqarli boʻladi.
Ushbu kitob “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bilan hamkorlikda tayyorlandi va nashr etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring