Yana bir davlat xizmati ishga tushdi
Foto: Illustrativ foto
Hukumat qaroriga (304-son, 07.06.2022-y.) muvofiq, Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va uni bekor qilish boʻyicha davlat xizmatlari DXM va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP (https://my.gov.uz/uz)) orqali koʻrsatiladi.
Malaka sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan shaxslar 30 kundan kechiktirmasdan majburiy attestatsiyadan oʻtishi lozim.
Quyidagi shaxslar qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan oʻtishlari shart:
— qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond boʻlimi rahbarlari;
— qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi va (yoki) qimmatli qogʻozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boʻlimlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond boʻlimlarining mutaxassislari.
Talabgorlarning tegishli malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
YAIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur miqdor 270 ming soʻmni tashkil etadi.
Reglament talablari qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida ishlashga talabgor boʻlgan yoki ishlayotgan hamda oliy maʼlumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring