Yakkabogʻda zamonaviy bozor foydalanishga topshirildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Yakkabogʻ tumanining Aygʻirkul mahallasida zamonaviy koʻrinishda qad rostlagan “Yakkabogʻ Eko Siti” bozorining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Tadbirkor boyisa, yangi-yangi tashabbuslarni amalga oshiradi. Natijada qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi. Hududlarda ishlab chiqarish salmogʻi ortadi. Xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanadi.
Buni Yakkabogʻ tumanida faoliyat yuritayotgan “Kumush kuz fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Abdinabi Gʻiyosov faoliyati misolida ham koʻrish mumkin.
Bir necha yil oldin parrandachilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan tashabbuskor bugungi kunda qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq oʻnlab loyihalarni amalga oshirgan. Qariyb 40 milliard soʻmlik sarmoya evaziga qad rostlagan “Yakkabogʻ Eko Siti” bozori Abdinabi Gʻiyosov tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning navbatdagisi boʻldi.
Majmua 600 ta savdo rastasi, 120 dan oshiq savdo doʻkonlari, bolalar, yoshlar uchun koʻngilochar maskanlarni oʻz ichiga olgan.
Eʼtiborli tomoni, majmuaning faoliyat boshlashi natijasida 700 ta yangi ish oʻrinlarining yaratilganidir.










Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring