Yakkabogʻ tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

11:44 02 Iyul 2025 Jamiyat
153 0

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Abdinabi Gʻiyosov Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, deputatlar Gʻiyosov Abdinabi Kamolovichni Yakkabogʻ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.

Nomzod xalq deputatlari tuman Kengashi oldida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini taqdimot qildi.

Maʼlumot uchun, Abdinabi Gʻiyosov 1963-yil Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi.

Tayinlovga qadar u “Kumush kuz fayzi” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma taʼsischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Davronbek Sattarov Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер